BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishining yakuniy muddati hozircha tasdiqlanmagan, ammo avvalroq bu 2027 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiya marosimidan bir soat avval BAA bilan 50ta F-35 qiruvchi samolyotlari va 18ta dron sotilishi to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
"Shartnoma Baydenning prezident lavozimiga kirishishiga bir soatcha qolganida imzolangan", - deyiladi xabarda.
Shartnomani dekabrda imzolash mo‘ljallangandi, ammo muddatlar, samolyotlar narxi borasidagi noaniqliklar tufayli muzokaralar yanvargacha cho‘zildi. BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishining yakuniy muddati hozircha tasdiqlanmagan, ammo avvalroq bu 2027 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Tramp ma'muriyati Abu-Dabi Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga rozi bo‘lishi evaziga mazkur shartnomani imzolashga va'da bergan.