12:35 / 22.01.2021
17563

Vobkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Buxoro shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada Vobkent tumani hokimi lavozimiga Farhod Umarov tayinlangani ma'lum qilindi.

Farhod Umarov 2020 yilning avgust oyi oxirlarida Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, so‘ng Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. Undan avval Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Vobkent tumani hokimi lavozimida Bahodir Bafoyev ishlab kelayotgandi. 

Bundan oldin, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani xabar berilgandi.

Top