08:27 / 23.01.2021
17583

Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma'lumotni onlayn olish mumkin

Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma'lumot olishning yangi imkoniyati taqdim etildi, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Qayd etilishicha, avvallari xodimlar maoshi haqida ma'lumot olish uchun alohida vaqt ajratib, tegishli eshik oldida kun o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.

“Taraqqiyotni qarangki, bugun hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma'lumotni uyda yoki ish joyingizda o‘tirgan holda olish imkoni mavjud”, - deyiladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ma'lumotida.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan akkaunt orqali avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lish lozim.

Ma'lumot bir zumda taqdim etiladi. Xizmat uchun haq to‘lanmaydi (bepul).

Top