23:26 / 23.01.2021
7413

Koronavirusga qarshi navbatsiz emlanganlikda ayblangan Ispaniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i iste'foga chiqdi

 Ispaniyada 27 dekabrda emlash kampaniyasi boshlangan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining qaroriga ko‘ra, birinchi bo‘lib qariyalar uyida yashovchilar va shifokorlar emlanishi lozim.

Foto: elboletin.com

Ispaniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Migel Anhel Vilyarroya koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng paydo bo‘lgan noroziliklar sababli iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda Europa Press agentligi xabar berdi.

General navbatsiz emlanganlikda ayblandi. Natijada u Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesga iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza berdi va vazir arizani qabul qildi.  

Ispaniyada 27 dekabrda vaksinatsiya kampaniyasi boshlangan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining qaroriga ko‘ra, birinchi bo‘lib qariyalar uyida yashovchilar va shifokorlar emlanishi lozim.

Mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 2,5 millionga yaqinlashgan. Qirollikda ushbu kasallikdan 55,4 ming kishi vafot etgan.

Rojdestvodan so‘ng Ispaniyada kasallik tarqalish sur'ati yana tezlashdi. Hukumat cheklov choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ldi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top