10:37 / 23.01.2021
17160

Qurilish tashkilotlarining onlayn reytingi ishga tushirildi

Qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi ishlab chiqildi. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qurilish tashkilotlarining reytingi bilan reyting.mc.uz sayti orqali tanishish mumkin.

STIR bo‘yicha (9ta raqam) qurilish tashkilotlarining reytingini bilib olish mumkin. Reytingdan jami 36 mingdan ortiq tashkilot joy olgan.

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida ularning salohiyati 71ta ko‘rsatkichni qamrab olgan 6ta guruhdan iborat mezonlar bilan o‘lchanadi.

Salohiyatni aniqlashda esa tashkilotning malakali mutaxassislari, moliyaviy ko‘rsatkichlari, bajargan ishlarining sifati, ish tajribasi, texnik bazasi, raqobatdoshligi kabi qurilishda yuqori sifatni ta'minlovchi mezonlar muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid
Top