21:12 / 24.01.2021
23554

A Seriya. Shomurodov «Jyenoa»ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi, «Napoli»da kutilmagan mag‘lubiyat

Italiya A Seriyasi 19-turi doirasida «Jyenoa» klubi o‘z maydonida yaqin ta'qibchisi «Kalyari»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Eldor Shomurodov ikki himoyachini dog‘da qoldirib, to‘pni Strotmanga, u esa Destroga oshirgach «Jyenoa» hisobni ochdi. Yakunda ushbu gol genuyaliklarga muhim g‘alabani keltirdi. Uchrashuvda Shomurodov 77-daqiqagacha to‘p surdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Jyenoa» 18 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi. Genuyaliklar ochkolar bo‘yicha «Spetsiya» va «Udineze»ga yetib olishdi.

«Napoli» esa «Verona» maydoniga safar qilib, kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi – 1:3. 

A Seriya. 19-tur
Jyenoa – Kalyari 1:0
Gol
: 1:0 – 10 Destro.
Jyenoa – Perin, Krishito, Dzappakosta, Masello, Chiborra (Ongene, 56), Strotman (Bexrami, 63), Radovanovich, Badel, Zayts (Melegoni, 77), Destro (Pandev, 62), Shomurodov (Pyatsa, 77).
Kalyari – Krano, Likoyannis, Godin, Dzappa, Cheppitelli, Dankan (Sottil, 70), Nainggolan (Pereyro, 85), Marin, Nandes, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 70).

Verona – Napoli 3:1
Gollar
: 0:1 – 1 Losano, 1:1 – 34 Dimarko, 2:1 – 62 Barak, 3:1 – 79 Dzakkani.
Verona – Silvestri, Dimarko (Manyani, 56), Davidovich, Gyunter (Lovato, 76), Faraoni, Ilich, Tamez, Barak, Lazovich, Dzakkani (Bessa, 83), Kalinich (Di Karmine, 56).
Napoli – Meret, Maksimovich, Di Lorenso, Kulibali, Xyusay, Bakayoko (Lobotka, 83), Zelinski (Elmaz, 83), Losano, Demme (Politano, 65), Insine (Mertens, 60), Petanya (Osimxen, 65).

Top