10:59 / 24.01.2021
19560

UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi

Foto: Jeff Bottari/Zuffa LLC

Abu Dabida o‘tgan UFC 257'ning markaziy jangida ikki vazn bo‘yicha sobiq chempion Konor Makgregor amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tarildi. 

Jangning 2-raundida Pore irlandiyalik sportchini nokautga uchratdi va revansh oldi. Ushbu jangchilarning dastlabki to‘qnashuvida Konor g‘alaba qozongandi. 

E'tiborlisi, Makgregor UFC'dagi faoliyati davomida ilk bor nokautga uchratildi.

Top