14:25 / 25.01.2021
9489

Hindiston va Xitoy chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda 20dan ortiq harbiy yaralangani xabar qilindi

Hindiston qurolli kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv ofitserlar aralashuvi bilan to‘xtatilgan.

Foto: Dar Yasin / AP

Hindiston-Xitoy chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv natijasida to‘rt nafar hindistonlik va kamida 20 nafar xitoylik harbiy yaralandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib India Today nashri xabar berdi.

 Hindiston qurolli kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv ofitserlar aralashuvi bilan to‘xtatilgan.

 O‘z navbatida Xitoyning Global Times gazetasi 20 nafar xitoylik askar yaralangani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. Hindiston armiyasi ham harbiy xizmatchilari jarohatlanganini rasman tasdiqlamadi.

 Xitoy va Hindiston chegarasidagi ziddiyat o‘tgan yil bahorida boshlangandi. O‘shandan buyon Pekin va Dehli bir-birini chegarani buzishga urinish va fitna qo‘zg‘atishda ayblab kelmoqda. 

Top