21:44 / 29.01.2021
43141

Biznes-Ombudsman: «Damas»da yo‘lovchi tashishga ruxsat berildi

Maxsus komissiya qarori bilan «Damas» rusumli (va boshqa barcha) avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat berildi. 

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning taklifi bilan «Damas» rusumli (va boshqa barcha) avtotransport vositasida yo‘lovchi tashish faoliyatiga maxsus komissiya tomonidan ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi bayonida ma'lum qilingan. 

Ta'kidlanishicha, bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat'iy rioya qilish so‘raladi.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 22 martdan Toshkent shahrida jamoat transportlariga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq 23 martdan boshlab qator viloyatlarda ham turli shakllarda amal qila boshlagandi.

Masalan, viloyat hokimining farmoyishi bilan, 23 martdan boshlab, viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat'i nazar «Damas» rusumli avtotransport vositalarining Namangan shahri hududida harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Toshkent viloyati maxsus komissiyasining topshirig‘iga muvofiq, 2020 yilning 15 sentyabridan boshlab Toshkent viloyati hududida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida «Damas» rusumli yengil avtomobillar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top