16:26 / 30.01.2021
22799

Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. 

Foto: Olmazor tumani hokimligi

Poytaxt hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, uning o‘rniga ushbu lavozimga Baxtiyor Rahmonov tayinlandi. 

Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

U ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Olmazor tumani hokimi Toshkent shahri hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lishi xabar qilingandi

Bundan oldin, Abdumajid Mullajonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi.

Top