14:43 / 30.01.2021
15374

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari pora talab qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

U rahbarlik lavozimlaridan biriga da'vogarning lavozimga tayinlanishi masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga o‘ta yirik miqdorda pul talab qilgan.

Foto: Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Nurgazi Anarkulov pora talab qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib TASS xabar berdi.

"Qo‘lga olingan shaxs lavozimini suiiste'mol qilib va shaxsiy boylik orttirish maqsadida rahbarlik lavozimlaridan biriga da'vogarning lavozimga tayinlanishi masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga o‘ta yirik miqdorda pul talab qilgan", - deyiladi xabarda.

 Qo‘mita korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining ma'lumot berishicha, matbuot xizmati rahbari "davlat hokimiyati organlarida korrupsiyani aniqlash, uning oldini olish va unga chek qo‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyot" doirasida qo‘lga olingan.

Anarkulovga nisbatan respublika jinoyat kodeksining "pora talab qilish" moddasi bo‘yicha sudga qadar ish qo‘zg‘atilgan.

Nurgazi Anarkulov o‘tgan yil kuzida Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari etib tayinlangandi.

Top