13:00 / 30.01.2021
8334

Xonoboddagi 3 ming o‘rinli masjid qurilishiga hissa qo‘shing!

O‘zbekistonning turli joylarida yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan masjidlarni ko‘rib ko‘zlarimiz quvonmoqda. Hashar yo‘li bilan amalga oshirilayotgan ishlarga bosh qo‘shayotgan savobtalab kishilarning ko‘payib borayotgani esa undan-da quvonarli. Zero, Alloh taolo Qur'oni Karimda «Albatta, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan mo‘minlargina Allohning uylarini obod qilurlar», deya marhamat qilgan.

Bu safar shunday xayrli ishlardan birini yoritish maqsadida Andijonga tashrif buyurdik. Xonobod shahar Kampirrovot mahallasida 3 ming namozxonga mo‘ljallab qurilayotgan «Abdulhamid qori» jome masjidi 800 nafar qishloq yigitlarining mehnatlari bilan qad ko‘tarmoqda.

Masjid ish yurituvchisi Rafiqjon Yo‘ldashevning aytishicha, 2019 yilning sentyabr oyida boshlangan qurilish hozirgacha hashar yo‘li bilan davom etib kelmoqda.

«Bugungacha g‘ishti, beton, karkas ishlariga o‘zimizda tayyor loyiha va mutaxassislar borligi uchun qishloqda istiqomat qilayotgan aka-ukalarimizning kuch va mehnati bilan masjidimiz shunchalik qad rostladi.

Ayni paytda masjidimizning asosiy qurilish ishlari tugallangan. Aslida loyiha katta bo‘lgani uchun qurilishni uch bosqichda rejalashtirganmiz. Birinchi bosqichda xonaqoh va tahoratxona, ikkinchi bosqichda masjid atrofini o‘rab turgan ayvon qismi va kirish darvozalari, uchinchisi ikkita minora edi. Allohga shukr, ikkita bosqichdan o‘tdik, ya'ni xonaqohlarni ko‘tarib, atrofdagi ayvonlar tom qismlari yopilib bo‘lgan. Hozir gumbaz ishlari ketyapti.

Eng og‘ir nuqtamiz, ikkita minora qolgan. Buning ham to‘la xomashyosi tayyor. Lekin buning interer masalasi, ichki va tashqi qiyofasidagi bezaklari bo‘yicha mutaxassislar kerak bo‘lgan asosiy ishlar qoldi. Ya'ni qurilish xarajatining eng yuqori qismiga keldi.

Shuning uchun soha mutaxassislarini, qolaversa, Alloh taoloning baytidagi xayrli ishga ilhaq bo‘lgan mo‘min-musulmonlarni mana shu savobli ishni chiroyli tarzda oxiriga yetkazishga yordam qo‘lini cho‘zishlarini so‘rab qolamiz”, - deydi masjid ish yurituvchisi Rafiqjon Yo‘ldashev.

Ma'lum qilinishicha, masjidda ayollar uchun alohida namozxona va tahoratxona ham qurilmoqda.

Shuningdek, qishloq ahli bu yil Qurbon hayitiga qurilishni tamomlash rejalashtirilgan ushbu jomega marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomlarini bermoqchi.

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid mas'ul xodimi Mo‘ydinov Umidjon nomiga ochilgan kartalar:

Uzcard: 8600 0304 4713 1156

Uzcard: 9860 0301 7686 1224

VISA: 4097 8204 1030 4429

PAYNET orqali: +99899 325-70-07

Sanoat qurilish bankining Xonobod filialida masjid qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 2021 2000 0040 0519 0001

INN: 202936347, MFO: 00051

Masjid ish yurituvchisi Rafiqjon Yo‘ldashevning telefon raqamlari: +99899 878 56-22, +99899 325 70-07

 Elmurod Ermatov
Tasvirchi va montaj ustalari:
Jahongir Mahmudov, Abdusalim Abduvohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top