15:30 / 02.02.2021
9410

«Agrobank» Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalarning talon-torojliklari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. 

Mahkama xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida ATB “Agrobank” Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslaring nomiga jami 458,5 mln so‘m kredit mablag‘larini rasmiylashtirib talon-toroj qilganliklari, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top