00:57 / 03.02.2021
4012

AQShning eng yirik neft kompaniyasi 40 yil ichida ilk bor zarar ko‘rdi 

Foto: Getty Images

AQShning ExxonMobil neft kompaniyasi 40 yil ichida ilk bor zarar ko‘rdi. Kompaniyaning yillik zarari 22,4 mlrd dollarni tashkil qildi.  

2020 yilda kompaniyaning tushumi 30,7 foizga qisqarib, 46,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, kompaniya pandemiya va neftga talab kamaygani hamda slanets gazi olinishi tarmog‘ida aktivlar qadrsizlangani sababli ko‘p milliardlik zarar ko‘rgan.

Biroq shunga qaramay, ExxonMobil sarmoyachilarga dividendlarni to‘lashni davom ettirishga va'da bergan.

Yana bir neft giganti - Britaniyaning British petroleum kompaniyasi ham 2020 yilni 10 yil ichida ilk bor zarar bilan yakunlagan. Kompaniyaning 2020 yilda neft qazib olish hajmi 8,1 foizga qisqarib, tushumi 35 foizga kamayib ketgan. 

Oxirgi kunlarda ExxonMobil’ning Chevron bilan birlashishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top