16:02 / 03.02.2021
2796

Daniya raqamli «korona-pasportlar» joriy etilishini e'lon qildi

Daniya moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Morten Byodskovning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat uch-to‘rt oydan so‘ng ommaviy ravishda joriy qilinadi va undan masalan, ish bo‘yicha safarlarda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Foto: Claus Fisker/Ritzau Scanpix

Daniya hukumati biznes hamjamiyati bilan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan raqamli «korona-pasportlar» joriy etishga kelishib oldi. Bu haqda TV 2 telekompaniyasi xabar bermoqda.

 Daniya moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Morten Byodskov mamlakat pandemiyadan kuchli aziyat chekayotganligini aytdi.

«Ammo tadbirkorlar hamjamiyati safarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim va shu bois raqamli «korona-pasport» joriy etiladi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat uch-to‘rt oydan so‘ng ommaviy ravishda joriy qilinadi va undan masalan, ish bo‘yicha safarlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. 

 Byodskovning aytishicha, raqamli hujjat oddiy pasportga qo‘shimcha bo‘ladi.

«Biz bunday hujjatga ega dunyodagi birinchi mamlakat bo‘lishimiz mumkin», — dedi u.

 Telekanalning o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, bu hujjat ayrim sohalarning faoliyat boshlashiga, fuqarolarning esa restoran, musiqiy va sport tadbirlariga borishlariga imkon beradi. 

Mavzuga oid
Top