17:12 / 05.02.2021
6003

O‘zbekistonda 30 iyul Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilanmoqda

«Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida ma'qullandi.

Qonunga asosan, 30 iyul O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilanmoqda.

Ma'lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasi 2011 yilda qabul qilgan rezolyutsiyada xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta'minlash bilan bog‘liq harakatlarga ilhomlantirish hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar o‘rnatish maqsadida 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni (International Day of Friendship) sifatida belgilangan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 130dan ziyod millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a'zolari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 ta milliy madaniy markaz bor.

  • Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ishlab chiqqan edi.
Top