12:57 / 06.02.2021
19149

Dilshod Jalilov Yozyovon tumani hokimi bo‘ldi

Bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Yozyovon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshod Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi. 

Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, Dilshod Jalilov bugungacha "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U 1980 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti, prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Kecha prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yozyovon tuman hokimi Yo‘lchiboy Boyigitov yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingandi.

Top