Qayd etilishicha, portlash ovozi butun mavzega eshitilgan, do‘konlarning oynalari parchalanib ketgan.
Fransiyaning Bordo shahridagi uylardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida uch kishi jarohatlangan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Qayd etilishicha, portlash ovozi butun mavzega eshitilgan, do‘konlarning oynalari parchalanib ketgan.
Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Portlash sodir bo‘lgan binoga sezilarli talafot yetgan, uning qulab tushish ehtimoli bor.