18:22 / 06.02.2021
16048

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 6 fevral kuni, xalq deputatlari O‘zbekiston tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Sessiya ishida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi vakili Abdulla Tursunov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Xayrulla Bozorov so‘zga chiqib, O‘zbekiston tumani hokimi lavozimiga Sherzod Yo‘ldoshev nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu taklif tuman kengashi deputatlari tomonidan ma'qullandi va Sherzod Yo‘ldoshev tuman hokimi etib tasdiqlandi.

1986 yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan Sherzod Yo‘ldoshev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Dilshod Jalilov Yozyovon tumani hokimi bo‘lgani xabar qilingandi.

Top