23:38 / 07.02.2021
7761

APL. «Manchester Siti» «Liverpul»ni safarda yirik hisobda mag‘lub etdi

Foto: Twitter/PremierLeague

APL 23-turining markaziy o‘yinida amaldagi chempion «Liverpul» peshqadam «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushdi.

«Enfild»da kechgan bahsda Gvardiola jamoasi Klopp shogirdlari ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Dastlab Gundo‘g‘an penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, 49-daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Saloh 11 metrlik jarima zarbasidan muvozanatni tikladi - 1:1.

O‘yinning qolgan daqiqalari esa mezbonlar darvozaboni Alissonning qo‘pol va kulgili xatolari hamda «Siti» futbolchilarning raqib posbonini jazolashi bilan yodda qoldi. Gundo‘g‘an dubl, Sterling va Foden o‘z gollari bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdilar - 1:4. 

Natijada, «Siti» ochkolari sonini 50taga yetkazib chempionlik sari katta qadam tashlagan bo‘lsa, «Liverpul» 40 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

APL. 23-tur

Liverpul – Manchester Siti - 1:4

Gollar: Gundo‘g‘an (49, 0:1), Saloh (63 pen, 1:1), Gundo‘g‘an (73, 1:2), Sterling (76, 1:3), Foden (83, 1:4).

Liverpul – Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Roberson (Tsimikas, 86), Jons (Milner, 68), Tiago Alkantara (Shakiri, 68), Saloh, Veynaldum, Mane, Henderson, Firmino.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Foden, Gundo‘g‘an, Sterling, Rodri, Marez (Gabriel Jyezus, 72), Bernardu Silva.

Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (3), Ruben Diash (62), Fabino (70).

Mavzuga oid
Top