00:22 / 07.02.2021
8095

Germaniya Belarus muxolifatiga 20 mln yevrodan ortiq pul ajratdi

Tashqi ishlar vaziri Hayko Maasning bildirishicha, GFR hukumati Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash dasturini tayyorladi.

Foto: EPA

Germaniya hukumati Belarusdagi muxolifatni qo‘llab-quvvatlash dasturi uchun 21 mln yevroga yaqin mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri “Belarus bilan birdamlik” onlayn-anjumanida ma'lum qildi.

"Ishonchingiz komil bo‘lsin: Germaniya va YeI siz tomonda. Biz Lukashenko va uning rejimiga qarshi sanksiyalar kiritdik. Va biz miqdori 21 million yevrogacha bo‘lgan "Belarus fuqarolik jamiyati” harakatlar rejasini ishlab chiqdik", – dedi Maas Belarus muxolifati tarafdorlariga murojaat qilarkan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlardan chiqarib yuborilgan talabalarga stipendiyalar taklif etiladi. Shuningdek, mustaqil ommaviy axborot vositalari qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq OAV Germaniya hukumati ta'qib qilinayotgan belaruslik muxolifatchilar uchun viza olishni soddalashtirmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar bergandi. 

Mavzuga oid
Top