14:18 / 09.02.2021
5137

Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartirish — sud tizimiga taalluqli (Konstitutsiyaning 107-moddasi 1-qismi).

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
  • harbiy sudlar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari;
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
  • jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
  • tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
  • tumanlararo ma'muriy sudlardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Bungacha sud tizimida tuman ma'muriy sudlari ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda har bir viloyatda bitta tumanlararo ma'muriy sud tashkil etiladi. Shuningdek, viloyat miqyosidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar alohida bo‘lgan bo‘lsa, endi ushbu sudlar yagona umumyurisdiksiya sudlariga birlashtirildi.

Shuningdek, Konstitutsiyadagi ayrim o‘rinlardagi «qonunlarga» degan so‘z «qonun hujjatlariga» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Top