14:01 / 09.02.2021
5863

Shayxontohur tumanidagi 5ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 5ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:09da Shayxontohur tumani Duchor berk ko‘chasida yuz bergan. Oqibatda ushbu manzilning 14A-uy hududidagi 5ta bir-biriga tutashgan uylar zarar ko‘rgan. 

Voqea joyiga shahar FVBning 3ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:16da yetib borgan, yong‘in soat 13:30da qurshab olinib, soat 14:18da to‘liq o‘chirilgan.
 
Yong‘indan 5ta uyning ichki va tom qismlari, jami 130 kvadrat metr maydoni zararlangan. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 360 kvadrat metr yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Top