17:09 / 09.02.2021
3480

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi

2021 yilning 9 fevral kuni Yashnobod tumanining Boku ko‘chasida suv ta'minoti korxonasi tomonidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari jarayonida o‘rta bosimli yer osti gaz quvuriga shikast yetgan.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, buning natijasida gaz sizib chiqishi (avariyaviy) holati sodir bo‘lib, tezkor bartaraf etish maqsadida ishchi guruhi tashkil etilgan hamda ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Qayd etilishicha, tumanning Obod mahalla ko‘chasidagi 21ta ko‘p qavatli uylarning 1050tasi hamda Ma'ruf, Qashqadaryo, Boku va Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi jami 533ta yerli xonadonlarga gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda. 

Top