17:25 / 10.02.2021
5953

Beeline Uzbekistan Jizzaxdagi 8-sonli maktabni modernizatsiyalashda faol ishtirokchi bo‘ldi!

Beeline Uzbekistan Jizzax shahridagi 8-sonli o‘rta maktabni modernizatsiya qilish, shuningdek, uni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan bepul jihozlashda o‘z hissasini qo‘shdi. Kompaniya IT-uskunalar va kompyuterlar bilan ta'minlash uchun 700 million so‘mdan ortiq mablag‘ kiritdi. Bunday yordamning asosiy maqsadi – bolalarni sifatli ta'lim olishlari uchun sharoit yaratish va har bir o‘quvchining qobiliyatlarini ochib berish, ularni yuqori texnologiyali dunyo hayotiga tayyorlashdir.

Maktabning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, xalq ta'limi vazirliklari rahbarlari, Jizzax viloyati hokimi, tegishli idora va muassasalar vakillari, hamda Beeline Uzbekistan xodimlari ishtirok etishdi.

1984 yilda tashkil etilgan ta'lim muassasasini rekonstruksiya qilish Prezidentning 2020 yil 6 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq 2020 yil 7 dekabrda boshlandi. Tadbirda ishtirokchilar ta'kidlaganlaridek, so‘nggi oylar ichida bu yerda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Hozir bu o‘quv dargohi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab mavjud. Yaqin kelajakda bunday maktablarni viloyatning boshqa tumanlarida ham ochish rejalashtirilgan.

«Kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar orasida yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega va fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilaydiganlar alohida o‘rin tutadi. Biz nafaqat O‘zbekistonda, balki VEON kompaniyalari guruhi faoliyat yuritadigan dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ko‘plab ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Yaqin kelajakda iqtidorli insonlar etishib chiqadigan, ishonchim komil-ki, jamiyatimizning ko‘plab sohalarida talabga javob beradigan mutaxassis bo‘lib etishadigan ushbu maktabni zamonaviy ta'mirlashda o‘z hissamizni qo‘shganimizdan xursandmiz. Bu Jizzax viloyati yosh avlodining yangi marralarni zabt etishlari uchun yaxshi asosdir. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e'lon qilingan 2021 yilda juda ham dolzarb. VEON kompaniyalari guruhi davlatimiz rahbarining tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu yo‘nalishdagi dastur va loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor», – deb sharhlaydi Sardor Muxammedaliyev, Beeline Uzbekistan davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktori.

Yangilangan ta'lim muassasasidagi sobiq sinflar bazasida yorug‘ va keng kompyuter sinflari, informatika va robototexnika, kibersport xonalari tashkil etildi. Bu yerda o‘quvchilar mahalliy ishlanmalar ustida ishlashlari, IT-texnologiyalar, axborot xavfsizligini o‘rganish va katta ma'lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘plab yangi va qiziqarli narsalarni bilishlari mumkin. Zamonaviy o‘quv xonalari interaktiv sensorli panellar va ekranlar, elektron tablolar bilan jihozlangan, yangi kompyuterlar Internetga ulangan. Sinflarning har bir elementi puxta o‘ylangan va mutlaqo xavfsiz, iloji boricha samarali va o‘ta ishonchli bo‘lishi uchun yaratilgan.

Jizzax shahridagi 8-sonli maktab rahbariyatining bildirgan minnatdorchiligi Beeline Uzbekistan jamoasining belgilangan maqsad va vazifalarni hal etishda xizmatlari va professional yondashuvlarini tasdiqlaydi.

«Beeline» kompaniyasi bizning maktabimizni modernizatsiya qilishda ishtirok etishi ma'lum bo‘lganida, juda xursand bo‘ldik, chunki kompaniya mamlakatimizdagi etakchi xalqaro kompaniyalardan biri ekanligini bilamiz. Bu yangiliklarga boy va samarali sheriklik bo‘ldi: kompaniya xodimlari har kuni bu erga kelib, ish jarayoni qanday ketayotgani bilan qiziqib, muammolarni joyida o‘rganib hal qildilar va yuz berayotgan o‘zgarishlarga zudlik bilan javob qaytarishdi. Berilgan imkoniyatlar o‘quvchilarning hayotiy tajribasini kengaytiradi, ularning hissiy dunyosini boyitadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Biz qo‘llab-quvvatlash va homiylik uchun «Beeline»dan minnatdormiz!» - deydi maktab direktori Dilshod Muhammadiyev.

Bolalarning o‘zlari ham quvonchlarini yashirmadilar.

Abdulhamid Madjitov (5-sinf o‘quvchisi): «Men informatika faniga qiziqaman. Hozir maktabning har bir sinfida yangi zamonaviy kompyuterlar bor, bundan juda xursandman. Endi biz turli xil kompyuter dasturlarini o‘rganmoqdamiz, foydali ko‘nikmalarni va bilimlarni egallayapmiz. Maktabimizda yaxshi o‘qishimiz uchun barcha sharoitlar mavjud. Kelajakda dasturlashni o‘rganib, O‘zbekistonda tibbiyotda murakkab operatsiyalarni yengillashtirish uchun yangi dastur yaratmoqchiman».

Maktabning ochilish marosimida Beeline Uzbekistan «Bir million dasturchi» megaloyihasi g‘oliblariga ham esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Ushbu loyihaning «Top 100»taligiga kirgan o‘qituvchilar, «Nanodegree» grantlari egalari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabga kirish uchun eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilar mukofotlandi.

Ta'kidlash joizki, Beeline Uzbekistan tomonidan hamkorlik faqat ta'lim muassasasini modernizatsiya qilish bilan cheklanib qolmaydi. Kelgusida kompaniya ushbu maktab bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish maksadida. Bundan tashqari, Beeline Uzbekistan telekommunikatsiya va IT-sohalarida o‘zining ko‘p yillik xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Shuningdek, kompaniya maktab bitiruvchilarini amaliyotga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Yana bir yaxshi yangilik – Beeline Uzbekistan «Ustoz Start» va «Ustoz Profi» tarif rejalariga ulanishda yangi abonentlar uchun, xususan butun Jizzax viloyati o‘qituvchilari uchun aksiya boshlanganligini e'lon qiladi. Joriy yilning 12 fevralidan 12 martigacha ushbu aksiya doirasida ulangan holda, ta'lim xodimlari 30 kun davomida qo‘shimcha 5 GB, shuningdek, «Beeline»dan nominal qiymati 210.500 so‘mga teng «oltin» raqamni sotib olish uchun 100% chegirmaga ega bo‘ladilar.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 212 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,7 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

Reklama huquqi asosida

Top