20:13 / 10.02.2021
5860

Jahon iqtisodiyoti yangi muammolarga duch kelishi ma'lum qilindi

Qayd etilishicha, aynan xizmatlar savdosining pasayishi jahon iqtisodiyotiga hal qiluvchi salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Foto: REUTERS/Staff

BMT ekspertlari jahon iqtisodiyoti 2021 yilning birinchi choragida yangi muammolarga duch kelishini taxmin qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ekspertlar koronavirus pandemiyasi sababli yangi cheklovlar kiritilishi global savdoning pasayishiga olib kelishidan xavotirda. BMT taxminiga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida pasayish mahsulotlar savdosida 1,5 foizni, xizmatlar savdosida 7 foizni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, aynan xizmatlar savdosining pasayishi jahon iqtisodiyotiga hal qiluvchi salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

 BMT ekspertlari eng ko‘p jabr ko‘radigan soha turizm bo‘lishini taxmin qilmoqda. 

Top