02:57 / 10.02.2021
5808

La Liga. «Real» qoldirilgan o‘yinda «Xetafe»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda «Real» o‘z uyida «Xetafe» ustidan g‘alaba qozondi. Madridliklarga bu safar ham fransuzlar g‘alaba keltirishdi. 

«Real» ochkolarini 46taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Xetafe» 24 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 1-tur

Real — Xetafe 2:0
9 fevral, «Alfredo di Stefano»
Gollar: Benzema (60), Mendi (67).
Real – Kurtua, Varan, Marselo (Chust, 86), Mendi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior, Marvin (Arribas, 55), Asensio (Isko, 76), Benzema. 
Xetafe – Soriya, Olivera, Shakla, Kabako (Timor, 73), Suares, Arambarri, Kukurelya (Unal, 73), Portilo (Alenya, 55), Maksimovich, Anxel Rodriges (Kubo, 55), Ernandes (Mata, 54).
Ogohlantirishlar: Shakla (52), Mendi (71).

Top