11:38 / 10.02.2021
6609

Odamlar o‘z fikrlarini bayon qilishdan tortinmayapti – AQSh elchisi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum Toshkent shahridagi 295-maktabda Navoiy tavalludi va amerikalik pedagoglarni kutib olish maqsadida tashkil qilingan uchrashuv chog‘ida Kun.uz muxbirining savollariga ham javob berdi.

- Oliy ta'lim, ya'ni universitet o‘qituvchilariga oid loyihalar ham bo‘ladimi?

- Ha, loyihalarimizning ayrimlari universitet darajasida, xususan, pedagogika sohasida amalga oshirilmoqda. AQShdan kelgan bir necha mutaxassislarimiz universitetlarga joylashadilar va ular ingliz tili fakultetlarida faoliyat yuritadilar.

- O‘zbekistonga kelganingizdan beri nimalar o‘zgardi?

- Men bu yerga (O‘zbekistonga) kelganimdan beri ro‘y bergan eng katta o‘zgarish, ehtimol, odamlarning o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishga istaklari oshdi. Bu doim bo‘lgan, lekin ijtimoiy tarmoqlar, matbuot va hatto ko‘chada ham odamlar ko‘proq fikrlarini bildirmoqdalar. Odamlar o‘z tuyg‘u va o‘ylarini ko‘proq ifoda etmoqdalar.

Mavzuga oid
Top