22:35 / 14.02.2021
5840

Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menem vafot etdi

Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menem 90 yoshida kasallik tufayli vafot etdi. Amaldagi prezident Alberto Fernandes Menemning vafoti tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.

Foto: Reuters

“U demokratiya yo‘lini tanlagan, La-Rioxa provinsiyasi gubernatori, prezident va senator bo‘lgan. Diktatura yillarida ta'qiblar qurboni bo‘lgan va turmaga jo‘natilgan”, deb yozgan Fernandes Twitter’dagi sahifasida.

Menem Argentinani 1989 yildan 1999 yilgacha boshqargan. Siyosat bilan talabalik yillaridan boshlab shug‘ullana boshlagan. 2005 yildan boshlab u Argentina parlamenti senatida o‘ringa ega bo‘lgan.           

Menem prezidentligi vaqtidagi xatti-harakatlari uchun bir necha marta sud oldida javob bergan. 2013 yilda u qurolni noqonuniy berishga aloqadorlik uchun 7 yilga, 2015 yilda davlat mablag‘larini xarjlab yuborganlik uchun 4,5 yilga, 2019 yilda esa davlatga tegishli mulkni sotishdagi qonunbuzarlik uchun 3 yil 9 oyga qamoq jazosi olgan. Biroq u o‘ziga chiqarilgan jazo hukmlari bo‘yicha shikoyat qilish imkoni sababli barcha holatlarda ozodlikda qolgan.

Mavzuga oid
Top