19:40 / 19.02.2021
27859

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tuman IIBga ishga o‘tkazildi

Foto: Senat matbuot xizmati

Polkovnik Mahkam Mirjonovich Vafoyev Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mahkam Vafoyev muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020 yil fevralidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

  • 2020 yilning yozida Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi maxsus topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Farrux Xolov «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzishga topshiriq bergani ma'lum bo‘lgandi. U boshqarmada bo‘lib o‘tgan majlis vaqtida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Mahkam Vafoyev boshchiligida o‘tgan katta majlisda e'tiroz eshitganini ta'kidlab, barcha ichki ishlar organlari xodimlarini qattiq koyigan va har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzishi haqida topshiriq bergani aks etgan audio ham tarqalgandi.
Mavzuga oid
Top