12:24 / 20.02.2021
4960

Toshkentning yangi tumani bo‘yicha yer solig‘i uchun zonalar belgilandi

Foto: LiveJournal

Toshkent shahar hokimi tomonidan “Yangihayot tumanining yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarining sxemasi va tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

  • Norma’ning yozishicha, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
  • Toshkent shahar Yangihayot tumani hududining yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralari sxemasi;

Yangihayot tumanida yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarini aniqlash.

  • Qabul qilingan qaror munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar DSB va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga bir oy muddatda:
  • Toshkent shahar hokimining 24.02.2015 yildagi 162-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif taqdim etish;
  • mazkur Qaror qabul qilinishi munosabati bilan hujjatlarga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirildi.
Top