04:08 / 21.02.2021
8804

Bayden Texasni tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi

AQShning qator hududlarida anomal sovuq va qor bo‘ronlari natijasida elektr ta'minotida uzilishlar ro‘y berdi, ko‘plab korxonalar ish faoliyati to‘xtab qoldi. Ellikka yaqin kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden qahraton sovuq va qor bo‘ronlari sababli Texas shtatini tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.

Shtat federal budjetdan moddiy yordam oladi. Mablag‘lar 77ta okrug aholisiga ajratiladi.

Ajratilgan mablag‘ vaqtinchalik uy berish yoki turar joyni ta'mirlash hamda sug‘urtasi bo‘lmagan fuqarolarga qarz berishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, pullar fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha boshqa dasturlar va biznes egalarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada AQShning qator hududlarida anomal sovuq va qor bo‘ronlari sodir bo‘ldi. Noqulay ob-havo sababli elektr ta'minotida uzilishlar ro‘y berdi, qator korxonalar ish faoliyati to‘xtab qoldi. Ellikka yaqin kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.

 

Top