22:22 / 21.02.2021
5208

Filippinda yaqinlashib kelayotgan bo‘ron tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Filippinning bir qancha viloyati yaqinlashib kelayotgan “Dutszyuan” bo‘roni oqibatida yuz beradigan toshqin sababli 51 ming aholini evakuatsiya qildi. Bu haqda 21 fevralda “Sinxua” axborot agentligi Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, bu yilgi birinchi tropik bo‘ron 22 fevralda Filippin sohillariga kelib urilishi kutilmoqda. 

Mahalliy vaqt bilan soat 19:00da tabiiy ofatning episentri Surigao shahridan (Shimoliy Surigao viloyati) 275 km sharqda joylashib, 25 km/soat tezlik bilan shimoli-g‘arbga harakatlanayotgan edi. Shamolning tezligi 18 m/s gacha yetib, 22 m/s gacha kuchaygan.

Mavzuga oid
Top