21:15 / 23.02.2021
9270

O‘zbekistondagi tabiiy monopoliya sub'yektlari ro‘yxati yangilandi

Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 130 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub'yektlarining yangilangan ro‘yxatini e'lon qildi.

2021 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 130ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti nomi Toshkent davlat transport unversitetiga o‘zgarganligi sababli reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi «Dashtobod temir yo‘l uchastkasi» MChJ hamda Toshkent shahridagi «South-West Terminal» MChJlar tomonidan temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatmayotganligi uchun reyestrdan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136ta, 1 noyabr holatida esa 131ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Mavzuga oid
Top