21:44 / 24.02.2021
6595

Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasida kuchli portlash ro‘y berdi

Foto: Reuters

G‘azni viloyatida joylashgan Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti” axborot agentligi.

Portlash Uruzgan hududidagi harbiy bazada sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, portlash to‘lqini shunchalik kuchli bo‘lganki, u yaqin atrofdagi uylarni vayron qilgan. Mahalliy ma'muriyat qurbonlar haqida ma'lumot bermagan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, portlash “Tolibon” radikal harakati jangarilari tomonidan tayyorlangan. Taxminlarga ko‘ra, ular bazaga tunnel qazib, u yerda portlovchi moddalarni qo‘ygan bo‘lishlari mumkin.

Top