14:14 / 27.02.2021
9839

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

2021 yil 27 fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga yo‘llagan maktubini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdi.

Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo‘l ochadigan transport yo‘laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu, o‘z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xomashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top