10:48 / 03.03.2021
6170

Vashingtonda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

Kapitoliy politsiyasi 4 mart kuni Vashingtonda tartibsizliklar yuz berishi mumkinligi haqida olinayotgan razvedka ma'lumotlari ortida AQSh poytaxtida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. 

Foto: TASS

Jumladan, Vashingtonda tartibni saqlash uchun politsiya va milliy gvardiyaning qo‘shimcha kuchlari jalb qilingan. Bundan tashqari, kongressmenlarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash uchun uchta mahalliy aeroport va vokzalga qo‘shimcha kuchlar qo‘yiladi

Qanon fitnalar nazariyasi tarafdorlarining fikricha, sobiq prezident Donald Tramp 4 mart kuni prezident lavozimini egallaydi, chunki 1933 yilgacha prezidentlar inauguratsiyasi hozirdagidek 20 yanvarda emas, balki aynan 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Shu sababli prezident saylovlari natijalariga qarshi bo‘lganlar 4 mart kuni Kapitoliy binosi yonida to‘planishlari mumkinligi xavotiri mavjud. 

Fevralda CNN telekanali Kapitoliy politsiyasi AQSh poytaxtida Tramp tarafdorlari tomonidan tartibsizliklar uyushtirilishi holatiga 12 martgacha milliy gvardiyaning 4900 xodimi qolishini so‘raganini ma'lum qilgan.    

Yanvarda AQSh milliy gvardiyasi qo‘mondoni general Deniyel Xokanson ehtimoliy tartibsizliklar holatiga Vashingtonda mart oyi o‘rtasigacha 7 ming nafar harbiy qolishini aytgan.

Mavzuga oid
Top