16:09 / 04.03.2021
4161

Ukraina bosh vaziri mamlakatda pandemiyaning uchinchi to‘lqini boshlanganligini e'lon qildi

Denis Shmigal pandemiyaning to‘rtinchi va beshinchi to‘lqinlari ham bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Foto: Reuters

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatda COVID-19 pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganligini ma'lum qildi.

"Qayd etish lozimki, Ukrainada epidemiyaning uchinchi to‘lqini boshlandi", - dedi Shmigal.

Uning ta'kidlashicha, dunyoda vaksinatsiya jarayoni kamida ikki yil vaqtni oladi, bu davr ichida niqob taqish rejimiga amal qilish zarur.

Bosh vazir shuningdek, pandemiyaning to‘rtinchi va beshinchi to‘lqinlari ham bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 4 mart kuni Ukrainada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 10 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilgan. 

Bir kun avval 7235, 2 mart kuni 5336 va 1 mart kuni 4285ta holat aniqlangani xabar qilingandi.

Top