03:43 / 05.03.2021
6110

APL. «Chelsi» «Enfild»da g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda  «Liverpul» «Chelsi»ni qabul qilib, o‘z maydonida ketma-ket 5-marta mag‘lubiyatga uchradi. Meyson Mauntning goli «ko‘klar»ga 3 ochko taqdim etdi. 

«Chelsi» ochkolarini 47taga yetkazib, 4-o‘ringa qaytdi. 43 ochkoga ega «Liverpul» 7-o‘ringa tushib ketdi. 

APL, 29-tur

Liverpul — Chelsi 0:1
4 mart, «Enfild»
Gol: Maunt (42).
Liverpul – Alisson, Roberson, Qoboq, Aleksander-Arnold, Fabino, Jons (Jota, 62), Veynaldum, Mane, Tiago (Milner, 80), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 62), Firmino. 
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Kristensen, Aspilikueta, Chiluell, Maunt (Kovachich, 81), Kante, Ziyosh (Pulishich, 66), Jorjino, Ryudiger, Verner (Havers, 90+1).

Top