15:24 / 05.03.2021
5763

Bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi

Bugun, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu parlament axborot xizmati xabar berdi.

Majlisda Qonunchilik palatasi deputatlarini ma'naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiya tavsiyasiga muvofiq, davlat rahbari tashabbusi asosida qonun hujjatlarini takomillashtirish, joylarda saylovchilar bilan ishlash, Qonunchilik palatasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi.

Maxsus maqomlar berilgan deputatlar ro‘yxati quyidagicha:

Shuhrat Polvonov — “Adolatli deputat”;
Maqsuda Vorisova — “Mehnatkash deputat”;
Rasul Kusherbayev — “Xalqparvar deputat”;
Polyante Sveshnikov — “Faxriy deputat”.

Ma'lum qilinishicha, mazkur maqomlarga sazovor bo‘lgan deputatlar hamda sobiq deputatlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Avvalroq, deputatlar axborot sohasidagi cheklovlar bo‘yicha qonun loyihasini ma'qullagani xabar berilgandi.

Top