07:54 / 06.03.2021
12308

«O‘zstandart» 876 turdagi import mahsulotlarning olib kirilishiga taqiq qo‘ydi

 “O‘zstandart” agentligi tomonidan 876 turdagi import mahsulotlarning respublikaga olib kirilishiga taqiq qo‘yildi. Bu haqda agentlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, “O‘zstandart” agentligi tomonidan Yevropa ittifoqi davlatlarida sifatsiz va xavfli deb topilgan mahsulotlardan ichki bozorni himoya qilish, iste'molchilarga sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risida tezkor ma'lumotlar yetkazish maqsadida maxsus axborot tizimi (sontrol.standart.uz) elektron portali joriy etildi.

Bugungi kunda mazkur portalga 876ta mahsulot joylashtirilib, ushbu mahsulotlarning mamlakat hududiga olib kirilishiga, ya'ni import qilinishiga taqiq qo‘yildi.

Mahsulot to‘g‘risidagi axborotlarga ko‘ra, 171ta o‘yinchoq, 77ta elektrotexnika uskunasi, 26ta yoritish jihozi, 25ta bolalarni parvarishlash uchun jihozlar, 24 ta zargarlik buyumi, 43ta kosmetika vositasi va boshqa mahsulotlarga taqiq joriy etildi.

Mavzuga oid
Top