09:20 / 08.03.2021
5564

Toshkentda «Neksiya» va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma'lumot berildi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 7 mart kuni soat 23:40larda “102” tizimiga tushgan xabarga ko‘ra, Olmazor tumani, "Forobiy" va "Beruniy" ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobilda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib chiqishi oqibatida, yashil chiroqda harakatlanayotgan haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi “Isuzu” (8-avtobus saroyiga tegishli) rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi, 35 yoshli A.E. va yo‘lovchi, 29 yoshli N.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top