10:00 / 10.03.2021
5801

Fransuz tili darslari

Toshkent Fransuz Alyansi – fransuz tilini o‘rganish uchun ideal markaz.

"Alliance française" tarmog‘i 146 mamlakatda 800 dan ortiq tashkilotga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotdir.

Toshkent Fransuz Alyansining vazifasi fransuz madaniyati va tilini ommalashtirish, ta'lim, madaniyat, fan va texnika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Bu yerda doimo madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va turli mahorat darslari xalqaro toifadagi mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

Toshkent Fransuz Alyansida mashg‘ulotlar chet tillarini o‘qitishning umumiy Yevropa standartiga (CECR) muvofiq ravishda tashkil etilib, sizga boshlang‘ich darajadan boshlab yoki fransuz tili bilim darajasini belgilovchi bepul test natijasiga asosan bilimingiz darajasidagi guruhlarda mashg‘ulotlar taklif qilinadi.

Guruh mashg‘ulotlari fransuz tilini dastlabki darajadan boshlab (A1) mukammal (C1) darajaga qadar o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Har bir kurs 4 xil ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan: og‘zaki va yozma nutqni tushunish, yozma nutq va muloqot qilish.

Bizning kurslarimiz Parijning Fransuz Alyansi kommunikativ standartiga asoslanadi. Bu usul butun dunyoda tan olingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishga imkon beradi, shuningdek, tilni barcha sohalarda amaliyotga tatbiq etish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.

Toshkent Fransuz Alyansi sizga quyidagilarni taklif qiladi:

- qulay muhitda yuqori sifatli ta'lim;

- fransuz o‘qituvchilari dars o‘tishi;

- sizning talabingizga moslashtirilgan o‘qitish metodikasi va shakllari;

- xalqaro darajada tan olingan sinov markazi;

- Markaziy Osiyodagi eng boy fransuz media kutubxonasi;

- qo‘shimcha o‘quv to‘garaklari: kino klublar, raqs to‘garagi,so‘zlashuv klubi,shaxmat to‘garagi, o‘yin kechalari va boshqalar.

Fransuz Alyansi, shuningdek, fransuz tilida (DELF, DALF, TCF, TCF Canada) xalqaro imtihonlarni o‘tkazadigan yagona tashkilotdir.

DELF-DALF (diplomning amal qilish muddati yo‘q, xuddi TOEFL kabi) va TCF(2 yillik muddatga ega sertifikat) fransuz tilidagi ikki asosiy xalqaro imtihondir. Bu sertifikat yoki diplomga ega bo‘lish fransuz tilini bilish darajasini belgilab beradi.

TCF Kanada fransuz tilini bilish darajasini belgilab beradigan va bugungi kunda Kanada davlatida o‘qish yoki ishlash uchun viza olishga asos bo‘la oladigan yagona hujjatlardan biri hisoblanadi. Berilgan sertifikat ikki yil davomida amal qiladi.

O‘quv kurslariga ro‘yxatdan o‘tish - 25 martgacha. Darslar 1  apreldan boshlanadi.

Iltimos, ro‘yxatga olish jadvaliga rioya qiling:

- dushanbadan shanbagacha soat 14:00 dan 18:00 gacha. Yakshanba dam olish kunidir.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

71 244 94 08

71 244 94 09

Bizning manzil: Zulfiyaxonim ko‘chasi 112.

Mo‘ljal: Aloqa kolleji yaqinida "Labzak" bekati.

Sayt: http://af-tachkent.uz

Facebook: https://www.facebook.com/AFTachkent

Instagram: https://www.instagram.com/alliance_francaise_tachkent

Telegram: https://t.me/AFtachkent

Reklama huquqi asosida

Top