09:00 / 10.03.2021
17648
Reklama

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi: sotuvlarning yangi bosqichi boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Bizning Uylar Development kompaniyasi tez kunda Yangi ChoshTepa oilaviy turar joy majmuasining yangi bosqichi ochilishini e'lon qiladi.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan bo‘lib, majmuada yetti qavatli yigirmata ko‘p qavatli uylar mavjud. Majmua 9,8 gektarli keng ko‘kalamzor maydonga ega. Maskan sokin va jamoat transportiga qulay joyda bunyod etilgan. Turar joy majmuasidan metro va avtobus bekatigacha piyoda 5 daqiqalik yo‘l. Majmuada sifatli va hamyonbop uy-joylar qurilganligi sabab xonadonlarga talab yuqori darajada bo‘ldi. Qisqa muddat ichida majmua xonadonlari o‘z egasini topdi. Ayni paytda bu yerda uy-joy fondining 95 foizdan ortig‘i sotilgan.

Bizning Uylar kompaniyasi Yangi ChoshTepa loyihasining yangi bosqichi uchun qurilish ishlari boshlanganligini e'lon qiladi. Bu avvalgi bosqichda qurilgan uy-joylar yonidagi qo‘shni hududda shunga o‘xshash majmua qurilishini nazarda tutadi. Yangi majmua 9 ta to‘qqiz qavatli 560 xonadondan iborat turar joy binolarini o‘z ichiga oladi. Xonadonlar 1, 2 va 3 xonali bo‘lib, ular 35 dan 67 kvadrat metrgacha maydonni tashkil qiladi. Yangi uy-joylarning xonadonlari tayyor ta'mirlanib, ko‘chib kirishga to‘liq tayyor holda sotuvga chiqariladi. Majmua infratuzilmasi o‘z avtoturargohi, yopiq va qo‘riqlanadigan hududi, bolalar va sport maydonchalari bilan jihozlangan hovlilar va boshqa ko‘p afzalliklarga ega bo‘ladi.

Bizning Uylar Development kompaniyasi yaqin kunlarda sotuvlar boshlanishini e'lon qilishga tayyorlanmoqda. Eslatib o‘tamiz, savdolarning boshlanishi har doim xarid qilish uchun eng maqbul vaqt hisoblanadi. Ushbu bosqichda xaridorlarga xonadonlarni sotib olish uchun maxsus narxlar va qulay shartlar taklif etiladi. Sevimli maskaningiz Yangi ChoshTepa oilaviy turar joy majmuasidan xonadon egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang.

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, «Yangi Choshtepa» MFY, Uzar ko‘chasi.

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

 Reklama huquqi asosida

Top