16:00 / 11.03.2021
7762
Reklama

Global Logistics Chain va EKOL Logistics kompaniyalari logistika markazi qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolashdi

Global Logistics Chain (O‘zbekiston) kompaniyasi EKOL Logistics (Turkiya) bilan Toshkent shahrida zamonaviy logistika markazini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Hozirgi kunda logistika sohasi iqtisodiy oqimlarini tashkil etish va tashqi savdo aylanmasining umumiy eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyatiga ega.

Logistika sohasi mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ta'sirini anglagan holda, Global Logistics Chain kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik yuqori texnologik logistika markazi qurish bo‘yicha Turkiyaning EKOL Logistics bilan kelishuvga erishdi. Umumiy qiymati 1,9 trln so‘mga teng bo‘lgan loyihani amalga oshirish evaziga 3000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Kompaniyalarning rejalariga ko‘ra, logistika majmuasida bojxona omborlari, konteyner terminallari, distributsiya markazi, yuklarni ichki va xalqaro yo‘nalishlari bo‘yicha tashish, kargo va kurerlik xizmatlari ko‘rsatiladi.

EKOL Logistics 1990 yil Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Yevropaning 13 ta mamlakatlarida o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2020 yil holatiga ko‘ra, kompaniya tasarrufida yuk tashishga mo‘ljallangan 7500 dan ortiq transport vositalari mavjud.

EKOL Logistics kompaniyasi yuklarni avtomobil, havo, dengiz va temir yo‘l transporti bilan tashish, ularni joylashtirish, bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirish, omborlarni boshqarish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. Kompaniya xizmatlaridan BMW, Renault, Shell, Unilever, P&G, Philips, British Petroleum, Mobil, Samsung, Nike va boshqa nufuzli brendlar foydalanadi. 

Ushbu loyiha mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishga hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Top