09:20 / 12.03.2021
4543

Ikki oyda 1 251ta qurilish korxonasi tashkil etildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 mart holatiga respublikada jami 41 929ta qurilish korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  4 712taga ko‘p. 2021 yil yanvar-fevral oyida 1 251ta qurilish korxonasi yangi tashkil etilgan. 

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 8 191ta; 
  • Toshkent viloyati – 3 641ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 3 383ta;
  • Farg‘ona viloyati – 3 303ta;
  • Andijon viloyati – 3 163ta;
  • Samarqand viloyati – 3 150ta;
  • Buxoro viloyati – 2 795ta;
  • Surxondaryo viloyati – 2 550ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 329ta;
  • Namangan viloyati – 2 322ta;
  • Jizzax viloyati – 2 058ta;
  • Xorazm viloyati – 1 939ta;
  • Navoiy viloyati – 1 595ta;
  • Sirdaryo viloyati – 1 510ta.
Top