11:18 / 12.03.2021
5282

Surxondaryoda o‘riklar sovuqdan 80 foizgacha zararlangani ma'lum bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 25-26 fevral kunlari kuzatilgan sovuq oqibatida mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda o‘tlari zararlangan.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan. 

Sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:

  • bug‘doy — 10 foizgacha;
  • beda — 10 foizgacha;
  • bodom — 30 foizgacha;
  • o‘rik — 80 foizgacha;
  • olma — 30 foizgacha;
  • gilos — 25 foizgacha;
  • shaftoli — 10 foizgacha;
  • tut daraxti — 5 foizgacha.

Qayd etilishicha, uzum va anor daraxtlariga sovuq ta'sir qilmagan.

Top