15:17 / 12.03.2021
3746

Tailandda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash boshlanishi kechiktirildi

Juma kuni mamlakat bosh vaziri va vazirlar mahkamasi a'zolari AstraZeneca vaksinasi bilan emlanishi kutilgandi. Hukumat a'zolari emlanganidan so‘ng Tailandning qolgan fuqarolarini emlash boshlanishi kerak edi.

Foto: Andre Malerba / Bloomberg

Emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng Tailand hukumati AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash ishlarini boshlash muddatini ortga surdi.

"Biz AstraZeneca preparati yomon demayapmiz, vaksina bilan bog‘liq muammo bor-yo‘qligini bilish uchun emlashni to‘xtatib turamiz. Daniya va Avstriya tadqiqot o‘tkazishini kutamiz va agarda noxush holatlar vaksina bilan bog‘liq bo‘lmasa, muammo yo‘q”, - dedi Chulalongkorn universiteti virusologi, emlash bo‘yicha komissiya a'zosi Yong Puvoravan.

Juma kuni mamlakat bosh vaziri va vazirlar mahkamasi a'zolari AstraZeneca vaksinasi bilan emlanishi kutilgandi. Hukumat a'zolari emlanganidan so‘ng Tailandning qolgan fuqarolarini emlash boshlanishi kerak edi.

Avvalroq Avstriya, Daniya, Norvegiya, Italiya va Islandiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi.

Ammo Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni davom ettirish mumkinligini ma'lum qildi.

Tailandda koronavirus yuqtirganlar soni 26,6 mingdan oshgan, 85 nafar kishi vafot etgan. Mamlakatda pandemiya sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi 31 martgacha amal qiladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top