07:47 / 15.03.2021
14801

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo isiydi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo isiydi. Respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi, shimolda 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 6-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top