Qayd etilishicha, uzunligi 580 kilometrga teng Pensilvaniya magistralida yo‘l yurish narxi 112,91 dollarni tashkil etadi.
Avstraliyaning Budget Direct sug‘urta kompaniyasi dunyodagi eng qimmat pulli yo‘llar reytingini e'lon qildi.
Reytingga ko‘ra, dunyoda eng qimmat pulli yo‘l AQShdagi Pensilvaniya magistrali (I-76, Interstate 76) hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Pensilvaniya magistralida yo‘l yurish narxi 112,91 dollarni tashkil etadi. Magistral uzunligi 580 kilometrga teng bo‘lib, u Pensilvaniya shtatini kesib o‘tadi.
Avstriyadagi Grossglokner yo‘li eng qimmat pulli yo‘llar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa joylashdi – yo‘l haqi 45 dollar.
Pulli yo‘llarning o‘rtacha narxi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatini esa Shveytsariya boshqarmoqda - 26,5 dollar.
Ikkinchi o‘rinda Avstriya - 16,29 dollar, uchinchi o‘rinda esa Farer orollari joylashdi - 16,28 dollar.